1

O`zbekiston – BAA 1:1 (VIDEO)

Sport 06.03.2014, 09:58
O`zbekiston – BAA 1:1 (VIDEO)

5 mart kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi BAAga qarshi o`zining Osiyo chempionati saralash bahsining so`ngi uchrashuvini o`tkazdi.

Uchrashuv  1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Uchrashuv birinchi daqiqalaridanoq Mirjalol Qosimov shogirdlari oldinga intilishdi.

birinchi bo`limda asosan O`zbekiston terma jamoasi hujum uyushtirdi. Sanjar Tursunovda ikkita imkoniyat bo`ldi ammo, Sanjar darvozani to`g`ri nishonga ololmadi. Tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo`limni bo`lsa raqiblarimiz juda faol boshlashdi. Ketma-ket hujumlar, qisqa to`p uzatishlar, qanotdandan to`plar uzatilishi. Ammo himoya chizig`imizning ishonchli harakati o`yinning 55-60 daqiqalaridan boshlab yana maydonda ustunlik qilishimizga ta`minladi.

Ammo baxtga qarshi 54 daqiqada maydonga endigina tushgan Ismoil Al Hammadi Eldor Suyunovning darvozasini ishg`ol qildi, 0:1.

Biroq termamiz bo`sh kelishni istamadi va maydonga yangi kuchlarni tashladi. Ikki qanot yarim himoyachilari, Jasur Hasanov va Tursunovlar o`rniga Sardor Rashidov hamda Jamshid Iskandarovlar maydonga tushirildi. 

85 daqiqada aynan Rashidov to`pni jarima maydoniga qanotdan ajoyib tarzda etkazib berli, Igor Sergeevning boshi bilan bergan zarbasi bo`lsa bizni mag`lubiyatdan qutqarib qoldi, 1:1. 

Osiyo Kubogi saralash uchrashuvi

O`zbekiston - BAA 1:1 (0:0)
Gollar: Ismoil Al Hammadi, 65 - 0:1. Igor Sergeev, 85 - 1:1.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1