AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “IMMUNITETNI KO`TARUVChI ShAMChALARGA IShONCh BORMI?”

'Shifo maslahat: “IMMUNITETNI KO`TARUVChI ShAMChALARGA IShONCh BORMI?”'ning rasmi

— Farzandim tez-tez shamollab turadi. Dugonalarimdan biri immunitetni ko`tarish uchun mo`ljallangan shamchalardan foydalanishni tavsiya qilayapti. Bu qanchalik samara berishi mumkin?

Ozoda Xoliqova, Toshkent shahri

Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:

— Bolaning immunitetini mustahkamlashdagi eng yaxshi usul, bu — to`g`ri ovqatlantirish, toza havoda sayr qilish hamda jismoniy chiniqtirishdir. Immun tizimini rag`batlantirish maqsadida ishlab chiqarilgan shamcha va preparat ko`rinishida vositalar shakllanayotgan bola organizmiga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin. Qolaversa bunday vositalarni immunogramma tahlilidan so`ng shifokor bilan maslahatlashgan holda bajarish tavsiya etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar