1

“RENTGEN NURI RAXITNI PAYDO QILADIMI?”

Salomatlik 29.11.2017, 17:47
“RENTGEN NURI RAXITNI PAYDO QILADIMI?”

— O`n ikki yashar o`g`limning o`ng qo`l tirsak suyagida darz ketish alomatlari aniqlanib, gips qo`yildi. Tirsakdagi o`zgarishni aniqlash uchun shifokor ikki marotaba rentgen tekshiruvini o`tkazgan edi. Oradan bir oy o`tib, qayta rentgen o`tkazish kerakligini aytishayapti. Rentgen nuri bola organizmi uchun zarar emasmi? Eshitishimcha, qisqa muddat oralig`ida bajarilgan rentgen tekshiruvi suyaklarni mo`rt qilib qo`yishi mumkin ekan?..

Sitora Ahmedova, Toshkent shahri

Magina ARTIKOVA, oliy toifali shifokor-pediatr:

— Rentgen tekshiruvini o`tkazish uchun shifokor tomonidan aniq ko`rsatma bo`lishi lozim. Agar jarohatni tashxislashda rentgen zaruriyat yo`q deb topilsa, mazkur amaliyotga murojaat etilmaydi. Biroq bosh suyagi, tos, oyoq va qo`llar hamda tishdagi o`zgarishlarni baholashda rentgen tekshiruvisiz tibbiy tahlil to`liq bajarilmagan hisoblanadi. Yil davomida 4-5 marotaba rentgen tekshiruvini bajarish bola organizmiga xavf tug`dirmaydi, qachonki tekshiruv o`tkaziladigan apparatning nurlanish darajasi kam foizli bo`lsa.

Buni bilish uchun farzandingizni olib borgan tibbiy muassasa rentgen xonasi xodimidan nurlanish darajasini surishtiring.

Raxit kasalligiga keladigan bo`lsak, rentgen necha marotaba o`tkazilishidan qat`i nazar, organizmda D vitamini tanqisligi bilan izohlanadigan patologiyani paydo qilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1