1

“QIZIMNING TERISI KO`ChIB TUShAYaPTI...”

Salomatlik 29.11.2017, 17:55
“QIZIMNING TERISI KO`ChIB TUShAYaPTI...”

— Sakkiz oylik qizalog`imning qo`l-oyoq terisi quruqlashib, po`st tashlayapti. Cho`miltirsam, terisi ivib, ko`chib tushadi, o`rnida esa qizarish hosil bo`ladi. Bu holatda biror krem yoki mazlardan foydalansa bo`ladimi? Go`daklardagi teri quruqlashishining boisi nima?

Gulnoza Bekmatova, Toshkent viloyati

Magina ARTIKOVA, oliy toifali shifokor-pediatr:

— Kichkintoy terisining quruqlashishi hamda ko`chib tushishi bir qancha omillarga bog`liq. Ular orasida allergik ta`sirlar, A vitamini hamda mikroelementlar tanqisligini ko`rish mumkin. Bunday hollarda farzandingizni pediatr va dermatolog shifokorlar ko`rigiga olib borish, teri holatiga baho berish va muolajani boshlash zarur.

Agar terisi quruqlashib qolayotgan bo`lsa, kunora cho`miltirish, yog` surtish ham tavsiya etilmaydi. Shuningdek, mustaqil biror choralarga yuzlanishning ham nojo`ya ta`siri bo`lishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1