1

INNOVASION RIVOJLANISh VAZIRLIGI HAMDA INNOVASION RIVOJLANISh VA NOVATORLIK G`OYaLARINI QO`LLAB-QUVVATLASh JAMG`ARMASI TAShKIL ETILDI

Siyosat 30.11.2017, 13:17
INNOVASION RIVOJLANISh VAZIRLIGI HAMDA INNOVASION RIVOJLANISh VA NOVATORLIK G`OYaLARINI QO`LLAB-QUVVATLASh JAMG`ARMASI TAShKIL ETILDI

Shavkat Mirziyoev 2017 yil 29 noyabr kuni "O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligini tashkil etish to`g`risida"gi Farmonga imzo chekdi.

Farmon matni ommaviy axborot vositalarida e`lon qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Innovasion rivojlanish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etildi.

Hujjatga muvofiq, mazkur vazirlikning davlat va jamiyat qurilishiga, iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq xo`jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovasiyalarni joriy etish hamda ilg`or texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va rag`batlantirish sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek, 2018 yil 1 yanvardan:

Fan va texnologiyalar bo`yicha Davlat komissiyasi;

O`zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi;

Fan va texnologiyalar bo`yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg`armasi hamda uning Ijro etuvchi direksiyasi tugatilib, ularning bo`shayotgan shtat birliklari Vazirlikka o`tkazilishi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1