AsosiyJamiyat

TOShKENTDA 400 DAN ORTIQ PIYoDA JARIMAGA TORTILDI

'TOShKENTDA 400 DAN ORTIQ PIYoDA JARIMAGA TORTILDI'ning rasmi

Toshkent shahrida 20 noyabrdan 26 noyabrgacha “Tozalash-antiterror” tadbiri tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Reyd davomida 17 mingdan ortiq yo`l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan. 6 kun davomida nafaqat haydovchilarga, balki piyodalarga ham jarima belgilandi. 414 nafar piyodaga nisbatan jarima yozildi. Bu haqda “Qalsmpir.uz” muxbiri Durdona Rasulova xabar bermoqda.

1256 ta qoidabuzarlik tezlikni oshirganlik uchun, 549 ta holatda svetafoning taqiqlovchi ishorasida harakatlanganligi uchun, 156 ta qoidabazurlik mast holatda transport vositasini boshqarganligi uchun, 568 ta holatda uyali telefondan foydalanganligi uchun haydovchilarga jarima belgilangan.

Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga o`rnatilgan foto va video kuzatuv kameralari yordamida 2414 ta qoidabuzarliklar qayd etildi.

Piyodalarga belgilangan jarimalar ularning pasportlari asosida rasmiylashtiriladi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo`lmagan taqdirda yo`lovchining mobil telefoni orqali shaxsini aniqlash uchun SMS xabar yuboriladi.

Piyodaning yonida mobil telefoni hamda pasporti bo`lmagan taqdirda, u IIB tuman bo`limiga keltiriladi. Piyodalarga belgilangan jarima 45 kun davomida to`lanishi lozim. Muddat o`tgan taqdirda sudga murojaat qilinadi.

Piyodalarga belgilanadigan jarima miqdori eng kam ish haqining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

Piyodalar yo`lning belgilanmagan qismidan o`tish, telefondan foydalanish, kitob yoki turli nashrlarni o`qish, video tomosha qilish yoki audio tinglash va yo`ldan o`tish chog`ida halaqit berishi mumkin bo`lgan shu kabi boshqa elektron vositalardan foydalanish kabi qoidabuzarliklar aniqlanganda, jarimaga tortilishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar