1

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI TARKIBIDAGI SO`NGGI O`ZGARIShLAR E`LON QILINDI

Siyosat 30.11.2017, 14:24
 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI TARKIBIDAGI SO`NGGI O`ZGARIShLAR E`LON QILINDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti hukumat tarkibidagi o`zgarishlar haqida xabar berdi.

Akmalov Qahramon Valievich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi

2017 yil 28 noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5257-son farmoniga muvofiq Akmalov Qaxramon Valievich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – Ta`lim, sog`liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

****

Otajonov Nodir Sobirovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi

2017 yil 28 noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5256-son farmoniga muvofiq Otajonov Nodir Sobirovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, «O`zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va engil sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, «O`zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – Tashqi savdo faoliyati, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

****

Mirzaev Zoyir Toirovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi

2017 yil 28 noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5255-son farmoniga muvofiq Mirzaev Zoyir Toirovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Qishloq va suv xo`jaligi vaziri – Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Qishloq va suv xo`jaligi vaziri – Qishloq va suv xo`jaligi, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste`mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

****

Qo`chqorov Jamshid Anvarovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi

2017 yil 28 noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5254-son farmoniga muvofiq Qo`chqorov Jamshid Anvarovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vaziri -Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o`zgartirishlar, xorijiy investisiyalarni jalb etish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

****

Xo`jaev Jamshid Abduhakimovich Tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi PF-5260-son farmoniga muvofiq Xo`jaev Jamshid Abduhakimovich - O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o`rinbosari – O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarning to`liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig`i lavozimidan ozod etildi.

****

Xolmuradov Suxrob Rustamovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi PF-5253 sonli farmoniga muvofiq Xolmuradov Suxrob Rustamovich - O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Investisiyalar, innovasion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat hududlari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi.

****

Xo`jaev Botir Asadillaevich Iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi PF-5258 sonli farmoniga muvofiq Xo`jaev Botir Asadillaevich - O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan Moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1