1

20 HUJJAT VA 40 DAN ZIYoD EKSPORT ShARTNOMASI IMZOLANDI

Siyosat 05.12.2017, 15:26
20 HUJJAT VA 40 DAN ZIYoD EKSPORT ShARTNOMASI IMZOLANDI

Ko`ksaroydagi muzokaralar yakunida O`zbekiston va Afg`oniston Prezidentlarining Qo`shma bayonoti imzolandi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, fan, ta`lim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi. Xavfsizlik masalalari bo`yicha qo`shma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo`yicha huquqiy yordam, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif – Shibirg`on – Maymana – Hirot temir yo`lini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar to`g`risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod bo`lgan 40 dan ortiq eksport shartnomasi imzolandi.

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda bo`lib o`tgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar O`zbekiston Respublikasi bilan Afg`oniston Islom Respublikasi o`rtasidagi o`zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta`kidladilar.

Afg`oniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1