AsosiySiyosat

ANGLAShUV MEMRANDUMI IMZOLANADI

'ANGLAShUV MEMRANDUMI IMZOLANADI'ning rasmi

Ayni kunlarda Toshkentda “Demokratik va huquqiy davlatni barpo etishda Konstitusiyaning o`rni va ahamiyati”, deb nomlangan xalqaro konferensiya o`tkazilmoqda.

Mazkur xalqaro konferensiyada qo`shni davlatlarning ham delegasiyalari ishtirok etmoqda. Konferensiya doirasida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi raisi Baxtiyor Mirboboev Tojikiston Konstitusiyaviy sudi raisi Mahkam Mahmudzoda bilan uchrashuv o`tkazdi.

O`tkazilgan uchrashuvda, tomonlarning o`zaro aloqalari “davlat rahbarlarining yaratuvchanlikka yo`naltirilgan siyosati tufayli yanada rivojlanayotgani”ga, alohida urg`u berishdi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar o`zaro anglashuv memorandumini imzolashdan manfaatdor ekanligini izhor qilishdi.

    Boshqa yangiliklar