1

AFG`ONISTON PREZIDENTI BUXOROGA JO`NAB KETDI

Siyosat 06.12.2017, 10:47
AFG`ONISTON PREZIDENTI BUXOROGA JO`NAB KETDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G`ani 6 dekabr kuni Buxoro viloyatiga jo`nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 5 dekabr kuni bo`lib o`tdi.

Muhammad Ashraf G`ani Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy-ma`rifiy yodgorliklarni ziyorat qildi. Toshkent qishloq xo`jaligi texnikasi zavodida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi.

Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tgan muzokaralarda savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, energetika, kimyo, agrosanoat, ta`lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o`zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida O`zbekiston va Afg`oniston Prezidentlarining Qo`shma bayonoti, shuningdek, mamlakatlarimiz o`rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 16 hujjat imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1