AsosiyJamiyat

“DARAKChI” GAZETASI BOSh MUHARRIRI DILFUZA SOBIROVA ESDALIK NIShONI BILAN TAQDIRLANDI

'“DARAKChI” GAZETASI BOSh MUHARRIRI DILFUZA SOBIROVA ESDALIK NIShONI BILAN TAQDIRLANDI'ning rasmi

1992 yil 8 dekabr – O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun yurtimiz tarixidagi buyuk sanalardan biridir. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan hamda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma`naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta`minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do`stlik va totuvlikni asrash, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi o`rni va ahamiyatini keng targ`ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo`shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida ta`sis etilgan «O`zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil» esdalik nishoni hamda guvohnomasi bugun “Darakchi” gazetasi bosh muharriri Dilfuza Sobirovaga ham topshirildi:

  • Mamlakatimizda birinchi nodavlat ko`ngilochar hisoblangan “Darakchi” gazetasi 1999 yildan buyon faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Unda mamlakatimizning turli sohalariga oid mavzular yoritilishi bilan birga, bugungi kunda yoshlar hayotiga oid turli yo`nalishdagi maqolalar, xalqaro maydonda sodir bo`layotgan yangiliklar, sport xabarlariga keng o`rin berilgan. O`quvchilarni qiziqtirayotgan mavzularni yoritish bilan birga, ularga turli maslahatlar berib borishga harakat qilinmoqda. Bugungi mukofot tahririyatimizga berilgan yuksak ishonch, deb hisoblayman.

“Xazina”, “Go`shanga alangasi”, “Qaynonaning kundaligi” singari kitoblari bugungi kunda o`quvchilarga taqdim etilgan iqtidorli va serqirra ijodkor, jurnalist Dilfuza Sobirovaning ijodiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

    Boshqa yangiliklar