1

​QALBAKI KVITANSIYa BILAN BUXOROLIK ELEKTROMONTYoR 5 MILLION EVAAZIGA QARZDORLIKNI “YoPMOQChI” EDI, AMMO...

Jinoyat 07.12.2017, 09:38
​QALBAKI KVITANSIYa BILAN BUXOROLIK ELEKTROMONTYoR 5 MILLION EVAAZIGA QARZDORLIKNI “YoPMOQChI” EDI, AMMO...

Buxoroda elektr energiyasi uchun qarzdorlikni bartaraf qilishni va`da berib fuqarodan 5 million so`mdan ortiq pullarni qo`lga kiritgan firibgar ushlandi.

Qorako`l tumani, Jig`achi MFY, Jig`achi qishlog`ida yashovchi, Korako`l tuman elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor lavozimida ishlagan Rayimov Hamza Husenovich, 1988 yilda tug`ilgan, Qorako`l tumani, Arna MFY Mirpo`lot qishlog`ida yashovchi Sulaymonov Samix Shoyiqulovichga tegishli bo`lgan un tegirmonini ishlashi davomida sarflangan elektr energiyasi to`lovlari uchun tegishli bank muassasasiga topshirish maksadida, S.Sulaymonovdan 5.080.000 so`m nakd pul mablag`larini olib, olingan pul mablag`laridan 4.687.000 so`mini bankka topshirmasdan o`z ehtiyojlari uchun ishlatib, o`zganing 4.687.000 so`m miqdoridagi pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirib, rasmiy hujjat hisoblangan to`lov kvitansiyalarini qalbakilashtirib tayyorlab, S.Sulaymonovga taqdim qilgan hamda fuqaro Sulaymonov tomonidan sarflangan elektr energiya mikdorini dasturda kamaytirib ko`rsatib kelganligi qayd qilingan.

Mazkur holat yuzasidan X.Rayimovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismiga asosan sonli jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1