AsosiyDunyo

"COCA-COLA" TURKMANISTONDA IShLAB ChIQARILMAYDI

'"COCA-COLA" TURKMANISTONDA IShLAB ChIQARILMAYDI'ning rasmi

"Coca-Cola İçecek" kompaniyasi rahbari Aleksandra Akkirman Turkmanistonda valyuta konvertasiyasi bilan bog`liq muammo yuzaga kelgani bois ayni paytda mazkur kompaniya ichimlik ishlab chiqarishni to`xtatgani qayd etdi. Shu munosabat bilan ishlab chiqarishga jalb etilgan xodimlar ishdan bo`shatilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra shu yil noyabrda Turkmanistonda "Coca-cola" ichimliklari narxi 2-3 martaga oshgan.

Shu paytga qadar kompaniya “Bonaqua”, “Coca-Cola”, “Coca-Cola zero”, “Fanta”, “Sprite” ichimliklari ishlab chiqargan.

    Boshqa yangiliklar