1

BUGUN O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYaSI QABUL QILINGANIGA 25 YIL TO`LDI

Siyosat 08.12.2017, 07:54
BUGUN O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYaSI QABUL QILINGANIGA 25 YIL TO`LDI

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan 7 dekabr kuni poytaxtimizdagi “O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali tadbir bo`lib o`tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat, san`at va sport namoyandalari, keng jamoatchilik, xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdilar.

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ma`ruza qildi.

Bundan roppa-rosa yigirma besh yil muqaddam umumxalq muhokamasidan keyin har tomonlama va chuqur o`ylangan, demokratik yo`l bilan qabul qilingan Konstitusiyamiz yangi jamiyatning huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.

Prezidentimiz ma`ruzasida ta`kidlanganidek, Asosiy qonunimiz xalqimizning siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo`lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashimizning qonuniy kafolati bo`lib kelmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ro`y berayotgan olamshumul o`zgarishlar xalqimiz turmush tarzida tub burilish yasadi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida «Inson manfaatlari hamma narsadan ulug`», degan olijanob g`oya ustuvorlik kasb etib, davlat hokimiyati boshqaruvida mutlaqo yangi tizim – O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari tashkil etildi, aholining eng dolzarb muammolarini hal etishning samarali tizimi yaratildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi jamiyatimiz hayotining barcha sohalaridagi islohotlarni harakatga keltiruvchi kuchga aylandi.

Yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan da`vat zamiriga qurildi. Bu esa yurtdoshlarimiz qalbida aks-sado berib, barchamizni Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg`usi bilan yashash, xalqimizning farovon hayotini ta`minlash yo`lida bor kuch-g`ayratini safarbar etishga ruhlantirdi.

Tantanali marosim bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, hayotimizda ro`y berayotgan ulkan o`zgarishlar aks etgan katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1