Isroillik olimlar saraton kasalligini kimyoviy davolash usulisiz davolaydigan vaksina yaratdilar.
Shu paytgacha saraton kasalligini kimyoviy usul bilan davolashdan boshqa chora yo`q edi, bu esa insonning barcha organlariga salbiy ta`sir ko`rsatar edi. Endilikda esa bu kasalliknini kimyoviy aralashuvsiz davolash chorasi topildi, deya xabar beradi Uz24.uz nashri.
Bunga erishish uchun isroillik olimlar Lea Ayzenbax boshchiligida naqd 30 yil harakat qildilar. Mana bugun Lea va uning hamkasblari, ushbu yangi preparat bilan saratonning 20 dan ortiq turini davolash mumkinligini ishonch bilan aytmoqdalar. Mazkur vaksinani Saraton kasaliga qarshi kurash tarixidagi eng samarali kashfiyot deyish mumkin.
NTV telekanalining xabar berishicha, saratonning turiga qarab, kerakli vaksina qon orqali yuborilishi yoki kasallangan organ xujayrasiga biriktirilib qo`yilishi mumkin. Vaksina biriktirilgan hujayra o`z muhitiga ijobiy ta`sir qiladi va saraton bilan kasallangan xujayralarni yo`q qiladi.