1

«YuZIMGA DOG` TUShDI...»

SUG'DIYONA 08.12.2017, 15:32
Teglar: Salomatlik
«YuZIMGA DOG` TUShDI...»

— Ikkinchi farzandimga homiladorman. Birinchi homiladorlik davrim asoratlarsiz o`tgan, kasal bo`lmaganman. Hozir esa yuzimga dog` tusha boshladi. Ko`payib ketishining oldini olish uchun nima qilsam bo`ladi? Buning menga va bolamga zarari yo`qmi?

Fazilat, Xorazm viloyatidan

Yulduz EShANOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog: — Homilador ayolning yuziga dog` tushishi kasallik hisoblanmaydi. Homiladorlik davrida ayol organizmida gormonlar va moddalar almashinuvi keskin o`zgaradi. Natijada terida melanin moddasi ko`payishini kuzatish mumkin. Bu esa terida pigment dog`lar paydo bo`lishiga sabab bo`ladi, lekin ular ayolga ham, homilaga ham xavf tug`dirmaydi. Sizga jigar hamda o`t qopingizni tekshirtirishni tavsiya etamiz. Bu a`zolarda kasallik kuzatilsa, ularga og`irlik, bosim bo`lmasligi uchun shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dorilar buyuriladi. Tug`ruqdan so`ng bu dog`lar yo`qoladi. Agar ularning ketishi qiyin bo`lsa, jigar va o`t qopini kompleks davolatishni maslahat beramiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1