1

10 DEKABR - O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYaSI QABUL QILINGAN KUN

Siyosat 09.12.2017, 18:28
10 DEKABR - O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYaSI QABUL QILINGAN KUN

1992 yil 10 dekabrda “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida”gi qonun imzolandi.

Mazkur qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga zo`r ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir. 2010 yil 24 dekabrda mazkur qonunga kiritilgan o`zgartishga ko`ra, fuqarolarimiz, shuningdek, mamlakatimizda bo`lib turgan boshqa shaxslar madhiyamizni hurmat qilishi shart.

Milliy madhiyamiz muazzam sadolari davlatimiz rahbarining turli mamlakatlarga rasmiy tashriflari chog`ida, O`zbekistonga kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini kutib olish marosimlarida, yurtimizda o`tayotgan umumxalq bayramlarida, yirik xalqaro anjumanlar, tinchlik va do`stlik kelishuvlarida, sport musobaqalarida va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda eng baland shohsupaga ko`tarilgan paytida baralla yangramoqda.

O`zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she`ri, O`zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug` umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.

O`tgan yili madhiyamiz musiqasi muallifi – O`zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov tavalludining 100 yilligi keng nishonlandi. Bu yil davlatimiz madhiyasi matnini bitgan atoqli shoirimiz, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov nomini abadiylashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1