1

YaNGI YIL YaQIN! UNI ERTAKKA AYLANTIRAMIZ!

SUG'DIYONA 09.12.2017, 20:13
Teglar: Psixologiya
YaNGI YIL YaQIN! UNI ERTAKKA AYLANTIRAMIZ!

Aslida yangi yil mo``jiza va sehrgarlikka ishonuvchibolakaylarning sevimli bayramidir. Biz kattalar esa ushbu kunnichinakkam ertakka aylantirishimiz mumkin. Buning uchun katta kuch yoki ko`p mablag` ham talab etilmaydi. Shunchaki, xohish va tasavvur bo`lsa kifoya. Keling, 2015 yilni oila a`zolarimiz o`zgacha zavq bilan eslaydigan bayram qilib kutib olaylik!

Kayfiyat ostonadan boshlanadi

Bu bayram oilani yanada jipslashtirish uchunyana birbahona aslida. Shu sababdan, fursatdan unumli foydalanib, oila a`zolaringiz bilan uy bezatishga kirishsangiz ham bo`ladi. Interer dizaynerlari 2015 yilda o`zgacha bezatish uchun yog`och anjomlardan foydalanishni maslahat berishmoqda. Ayniqsa, archaning atrofida kichik bo`lsa-da yog`och qo`y bo`lishi kerak ekan. Farzandlaringiz bilan birga tayyorlagan qor parchalarini derazalarga yopishtirib, tomni zar shokildalar, mebellaringning eshiklarini esa pufaklar bilan bezatib chiqing.

Dasturxon bezatish

Mana nihoyat kun davomida kuyib-pishib tayyorlagan taomlaringizni barchaning e`tiboriga havola qilish onlari ham keldi. Ammo mehnatingizning ko`ngildagidek baholanishini istasangiz, dasturxon tuzashni ham joyiga qo`yishni unutmang. Dizaynerlar 2015 yilni kutib olish uchun qordek oppoq dasturxonga yil rangi hisoblangan moviy yoki yashil sochiqlardan foydalanishni maslahat berishmoqda. Shuningdek, sanchqi va pichoqlaringiz oltinrang tusda bo`lsa, kelgusi yilda omad, albatta, sizga kulib boqar ekan. Ha, aytganday qo`y yili kirib kelayotganligi munosabati bilan dasturxonga parranda go`shti, meva va sabzavotlardan tayyorlangan taomlardan qo`ysangiz yil davomida oilangizdan urush-janjal, kelishmovchiliklar yiroq bo`ladi. Va yana Hech bir taom ko`katsiz tortilmasligi kerakligini ham inobatga oling.

Qorboboga xat yozing

Soat millari o`n ikkiga bong urishiga bir necha soatlar qoldi, dasturxon ham allaqachon tayyor, ammo mehmonlardan darak yo`q. Shu yarim soat ichida farzandlaringizni bayramona kiyintirib, birga Qorboboga xat yozishga nima deysiz? Unda kirib kelayotgan yildan nimalarni kutayotganingiz, qanday ishlarni rejalashtirayotganingizni ko`rsatib o`tish ham yodingizdan chiqmasin. Bu o`ziga xos trening bo`lib, bolaga qilishi lozim bo`lgan ishlarni dasturlashtirib olishga ko`maklashadi. Shu bahona farzandingizning orzu va istaklarini bilib olasiz. Tayyor xatlarni esa Qorbobo kelganida olib ketishi uchun archa tagiga qo`ying.

Shou boshlandi!

Xaqiqiy bayramona shou tashkil etishingiz uchun ikkita taklifimiz bor. Ulardan ilhomlanib o`zingiz ham shunga yaqin tanlovlarni o`ylab topishingiz mumkin.

1-taklif: Omad bashorati. Nazarimda, har bir inson kelajakda faqat omad yor bo`lishini ich-ichdanistaydi. Shuning uchun, yaqinlaringiz eshitishini istagan gaplarni bashorat qilsangiz, aslo yutqazmaysiz. Aksincha, ularni yaxshiliklarga yo`llagan bo`lasiz. Masalan, mana bunday:

Kim xazina topadi? (Tanlangan ishtirokchining ismi)

Kim buyuk kashfiyot qiladi?

Kim lotoreyada katta pul yutadi?

Kim mashxurlikka erishadi?

Kim hammadan ko`p pul topadi? Kabi savollarni tayyorlab oling. Keyin dasturxon atrofida o`tirgan kishilarnining ismini qog`ozga yozib, ko`rinmaydigan qilib buklab, idishga solib, aralashtiring. Soch turmagi hammadan chiroyli ayol yoki qizga buklangan qog`ozlardan birini tanlab, baralla e`lon qilishni iltimos qiling. Avval nominasiyalarni, keyin ismlarni o`qish kerak. Savollarni davradagilarga moslashtirib, kulgili va qiziqarli tuzsangiz ham bo`ladi.

2-taklif: «Diqqat, suratga olamiz!»

Aytaylik siz rejissyorsiz va bir qancha rollarga kasting e`lon qildingiz. Mehmonlar esa shu rolni qo`lga kiritishga ishtiyoqmand aktyorlar. Ulardan mahorat va mimikalarini ishga solish talab etiladi. Yordamchi rejissyor esa rol ijro etish jarayonini fotokameraga muhrlab qo`yadi.Rollar esatahminan quyidagicha bo`lishi mumkin:

  • eng mehribon Qorbobo;
  • eng ochko`z Qorbobo;
  • eng chiroyli Qorqiz;
  • eng uyquchi Qorqiz;
  • eng ochofat gnom;
  • eng ayyor yalmog`iz kampir;
  • eng injiq malika;
  • eng katta qorparcha...

Navbat Qorbobo va Qorqizga

Bolakaylarni Qorbobo tashrifiga avvaldan tayyorlash, qo`shiq, she`r yodlatib qo`yish lozim. Bayram uchun «maxsus» Qorbobolarga buyurtma berish ham shart emas. Balki, oilangiz kattalaridan kimdir bu mas`uliyatli vazifani zimmasiga olar. Avvaldan kelishib olganingiz ma`qul. So`ng barcha birgalikda Qorboboni chaqirib, chapak chaladi. Shirintoylar birin-ketin mahoratlarini namoyish etib bo`lgach, uzoq kutilgan sovg`a ulashish marosimi boshlanadi.Balki sovg`alarni daraxt shoxlariga ilib chiqarsiz yoki biror erga berkitib, so`ng qaerga yashirganligini topishmoq qilib aytar. Shirinliklar bilan birga kichkintoylarga o`zlarining surati tushirilgan «krujka» sovg`a qilsangiz ham bo`ladi.

Kamola tayyorladi.

Sharhlar

BOLANI OZODALIKKA O`RGATAMIZ

21.12.2017, 18:34

Qani endi bolangiz sizni hech javratmay o`zi yuz-qo`lini, tishlarini yuvsa, yotgan o`rnini yig`ishtirsa... Bu aksar ota-onalar uchun bir orzudek. Aslida, bolani ozodalikka o`rgatish qiyin ish...
ARAZChI BOLANI QANDAY TARBIYaLASh KERAK?

21.12.2017, 18:21

— 10 yoshli qizim juda arazchi. Sal gapga yig`laydi, xafa bo`ladi, ovqat emay qo`yadi. Uni ko`p erkalatishga ham qo`rqaman. Qanday munosabatda bo`lishga hayronman… Saida, Zangiota...
BOLAGA NIMA SOVG`A QILISh MUMKIN?

21.12.2017, 18:16

Jiyanlar, dugonalarning, qo`shnilar va tanishlarning farzandlariga sovg`a tanlayotib, chalkashib ketmaslik uchun bolalarning yoshini inobatga oling. Masalan: 1-2 yoshli bolakaylar qo`g`irchoqlar, yumshoq o`yinchoqlar, kubiklar, suratli kitoblar,...
YaNGI YILNI NIShONLASh SSENARIYSI

21.12.2017, 18:16

Yangi yil — nafaqat bolalar, hatto kattalar ham niyatlari ijobat bo`lishiga ishonadigan ertakmonand bayram. Lekin u ayniqsa bolajonlarga katta quvonch ulashadi. Axir bu kunda ular...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1