Zarur masalliqlar: 500 gr. jigar, 100 ml. suv, 4 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 ta pomidor, yarim bog` ko`kpiyoz, 3-4 osh qoshiq o`simlik yog`i, ziravorlar, tuz; garnir uchun: 300 gr guruch, 4 ta kartoshka.
Tayyorlanishi: 1. Jigarni ustki pardasidan tozalab, tuz va ziravorlar seping-da, 15 daqiqaga muzlatkichga qo`ying.
2. Pomidorni qirg`ichdan o`tkazing, suv va o`simlik yog`i qo`shing-da, jigar bilan aralashtiring. Ko`kpiyozni bir necha bo`laklarga bo`lib, taom ustiga soling.
3. Jigar do`lmani qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa davomida pishirasiz. Garniri uchun guruchni qaynatib, so`ng dimlab qo`ying. Kartoshkadan esa fri tayyorlang.
4. Taom pishgach, garnir ustiga do`lmani solib, dasturxonga tortishingiz mumkin.
Tayyorlanish vaqti : 50 daqiqa
8 kishilik