1

O`ZBEKISTON VA TURKIYa PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

Siyosat 12.12.2017, 10:17
O`ZBEKISTON VA TURKIYa PREZIDENTLARI TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on o`rtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan 2017 yil 11 dekabr kuni telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi.

Muloqot avvalida Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda tarkibiy o`zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichini amalga oshirish bo`yicha qo`lga kiritilgan amaliy natijalar bilan samimiy muborakbod etdi.

O`zbekiston Prezidenti mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida barqaror va yuksak taraqqiyotni ta`minlashga qaratilgan siyosatni yuqori baholagani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1