Tez-tez yuzingizga husnbuzarlar toshsa, sababini chetdan qidirmang. Buning birinchi sababchisi iste`mol qilayotgan mahsulotlaringizdadir. Ishonmasangiz, qanday mahsulotlar taomnomangizdan o`rin olganiga diqqat qarating va bizning quyidagi ro`yxatimiz bilan taqqoslab ko`ring.
- Choy, qora qahva – bu kabi ichimliklarni me`yoridan ortiqcha iste`mol qilish kortizol gormonining ortiqcha ishlab chiqilishiga olib keladi. Bu esa asab tizimini ta`sirchan bo`lishi va yuz terisining yog`lashishini keltirib chiqaradi.
- Yog`li pishloq, muzqaymoq, sut mahsulotlari – keragidan ortig`i organizmning me`yoriy holatiga ta`sir etib, teri tuzilishida o`zgarishlar yuzaga keltiradi.
- Shokolad, konfet, marmelad va shu turdagi shirinliklar — mazkur mahsulotlar allergik moyillikni keltirib chiqarishi bilan birga yuz terisi ustki qismining qichishishiga ham sababchi bo`ladi. Shu jumladan, er yong`oq va tozalangan yong`oqlarni ham ko`p iste`mol qilish tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, yuz teringiz yog`li yoki quruq bo`lsa toshmalar paydo bo`lishi tezlashadi.
- Kartoshka chipslari, achchiq, sho`r, konservalangan mahsulotlar, gazlangan ichimliklar, qattiq qovurilgan yog`li eguliklar – bu turdagi mahsulotlar organizmda yog` moddasini ko`paytirib, yuz teri kataklarining berkilib qolishiga sabab bo`ladi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






