AsosiyShou-biznes

Yurtimizda buyuk ukrain shoiri Taras Shevchenko yubileyi keng nishonlandi

12 mart kuni Respublika bolalar kutubxonasida buyuk ukrain mutafakkiri, o`z hayoti va ijodini Vataniga baxshida etgan otashqalb shoir  Taras Shevchenko (1814-1861) tavalludining 200 yilligiga bag`ishlangan kecha bo`lib o`tdi.

Shu yil 9 martda Taras Shevchenko tavalludiga roppa-rosa 200 yil to`ldi.

-Bugungi kunda buyuk mutafakkir Taras Shevchenko tavalludining 200 yilligi juda ko`pgina mamlakatlarda nishonlanmoqda, - deydi “Slavutich” Ukrani milliy madanyat markazi raisi Vladimir Boyko. – Bugungi kunda Taras Shevchenko asari dunyoning ko`plab tillariga tarjima qilingan, bir qator davlatlarda asarlari chop etib kelinadi, uning sharafiga turli o`lkalarida yodgorliklar o`rnatilgan. Jumladan O`zbekistonda ham, Toshkent va Zarafshon shaharlarida mutafakkirga o`rnatilgan haykallar qad rostlab turibdi. Poytaxt ko`chalaridan biri ham uning nomi bilan ataladi. Bu o`zbek va ukrain xalqlari o`rtasidagi madaniya aloqalar qanchalik teran va mustahkam ekanidan dalolatdir.

Taras Shevchenko – Ukrain xalqining timsoli

Mazkur tadbirni Ukrainaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Yuriy Savchenko kirish so`zi bilan ochdi.

-9 mart – buyuk shoirning tavallud kunida biz Toshkentdagi Taras Shevchenko haykali poyiga gulchambar qo`yish marosiida ishtirok etdik. Bugun yana ushbu qutlug` sana munosabati bilan to`plandik. Zotan bu sana butun dunyoda ulug` shoir ijodining asl muxlislari tomonidan keng nishonlab kelinadi.

Shubhasiz, taras Shevchenko – ukrain xalqining timsolidir. Uning buurn hayoti o`zi yashagan, ijod qilgan va muvaffaqiyatloarga erishgan  davrning murakkab jihatlarini o`zida yaqqol aks ettirgan. Bugun tadbir ham ulug` mutafakkirga nisbatan yuksak ehtirom timsolidir.

Tadbirda O`zbekiston xalq artisti va Ukrainada xizmat ko`rsatgan artist Zinaida Solovey, “Lavanda” va “Cheremishina”  ukrain etnografik jamoalari o`z ijod namunalarini taqdim etishdi. Taras Shevchenko she`rlaridan namunalar o`qildi. Bolalar jamoalari ukraincha, ruscha va o`zbek raqslarni yig`ilganlar e`tiboriga havola etishdi. Ukrainaning mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan Bolalar kututbxonasiga Taras Shevchenkoning 1841 yilda chop etilgan “Kobzar” (Qo`bizchi baxshi) asari nusxasini, shuningdek boshqa rang-barang adabiyotlar  sovg`a qilindi.

Nasriddin Muhammadiev, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori:

-Taras Shevchenko jahon adabiyotining zabardast vakillaridan biridir. Uning nomi Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pushkin, Lermontov singari buyuk siymolar bilan yonma-yon turadi. Men adabiyotshunos, tarjimon sifatida buyuk ukrain shoirining bir qator she`rlarini o`zbek tiliga o`girganman. Uning jo`shqin satrlari mening qalbimda ham o`chmas iz qoldirgan.

Durdona

Taras Shevchenko

VASIYaT

O`lsam mening jasadim
Ukrainaga ko`milsin;
Qabrim u keng dalaning
Eng o`rtasida bo`lsin.

Poyoni yo`q ona er
Va zangori Dnepr
Ko`rinib tursin menga,
Vag`illab oqqan daryo
Bilinib tursin menga!

Dushman qonini daryo
Yuvib oqizgan zamon,
Elim topgan kun omon,
Qo`zg`alarman qabrimdan.

Ko`ming-u qo`zg`ang isyon,
Kishanlar kul-kul bo`lsin,
Erk jangida dushmanning
Qora qoni to`kilsin.

So`ng ulug` oilada
Boshlangiz erkin hayot,
Sekingina meni ham
Yod etib qilingiz shod.

Hamid Olimjon tarjimasi

Taras Shevchenko nafaqat mohir adib, balki iste`dodli musavvir ham edi. U o`z umri davomida betaror she`r va dostonlar bilan birga portret, gravyura va boshqa ko`pgina janrlarda yaratilgan 835 dona tasviriy san`at asarini ham yaratib qoldirdi. Uning yana 270 ta asari hozirgacha topilmagan.

    Boshqa yangiliklar