— Buyraklarimda hech qanday muammo yo`q. Biroq turli taom va eguliklar ta`sirida noxush holatlar kelib chiqmasligi uchun vaqti-vaqti bilan buyraklarni tozalab turaman. Bunda menga oddiy kashnich urug`i qo`l keladi.
1 choy qoshiq kashnich urug`ini 0,5 litr qaynagan suvda damlab, usti yopiq idishda ertalabgacha qoldiraman. Damlamani iliq holatda kuniga 2-3 mahal qabul qilaman. Muolaja samaradorligini oshirish uchun kechasi 1 stakan suvga 2 osh qoshiq mayiz aralashtirib, ertasiga kun bo`yi oz-ozdan ichaman. Mayizini esa eyman. Bunday muolaja davomiyligi bir haftani tashkil etadi. Sodda ko`ringani bilan bu muolajadan so`ng buyraklar tozalanib, ortiqcha bezovtalik bo`lmaydi.
Mohira Davlatova, Toshkent viloyati
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.