AsosiyJamiyat

​PROFILAKTIKA KUNIDA BUXORODA JAZONI IJRO ETISh MUASSASIDA JAZO MUDDATINI O`TAYoTGAN 42 NAFAR MAHKUM OZODLIKKA ChIQARILDI

'​PROFILAKTIKA KUNIDA BUXORODA JAZONI IJRO ETISh MUASSASIDA JAZO MUDDATINI O`TAYoTGAN 42 NAFAR MAHKUM OZODLIKKA ChIQARILDI'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Kogon shahar sudi tomonidan Buxoro viloyati IIB Jazoni ijro etish bo`limi 64/85-sonli jazoni ijro etish muassasasida sayyor sud majlisi bo`lib o`tdi.

Unda Jinoyat ishlari bo`yicha Kogon shahar sudi raisi Z.Sherov, Kogon tuman prokurorining yordamchisi S.Xolmatov, Buxoro viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari G`.Qilichev hamda 64/85-sonli jazoni ijro etish muassasasi boshlig`i F.Raximovlar ishtirok etishdi.

Buxoro Ichki ishlar boshqarmasining ma`lum qilishicha, sayyor sud majlisida 42 nafar mahkumlarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko`rib chiqilib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73 va 74-moddalariga asosan mahkumlarning o`talmay qolgan jazo muddatini jazoni o`tash muddatidan shartli ozod qilish va axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirish bo`yicha ajrim chiqarildi.

Raislik qiluvchi mahkumlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berdi. Sayyor sud majlisi davomida mahkumlar ham qilmishidan pushaymon ekanliklarini ta`kidlashib, o`z oilasi va qarindoshlari bag`riga qaytganidan so`ng takroran jinoyat sodir etmaslikka, halol mehnat va sog`lom turmush tarzini tanlashga va`da berdilar.

Sud majlisi davomida Buxoro viloyati IIB boshlig`ining o`rinbosari G`.Qilichev so`zga chiqib, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda, jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqarilgan mahkumlar tomonidan takroran jinoyat sodir etilishining oldini olishda joylardagi ko`nikma markazlari bilan hamkorlikda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish lozimligi borasida to`xtalib o`tdi.

Raislik qiluvchi Z.Sherov chiqarilgan ajrimni o`qib eshittirib, protess keltirish sharti va muddatini, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda unga mulohazalar bildirish tartibini tushuntirib, sud majlisini yopiq deb e`lon qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar