AsosiySUG'DIYONA

«AYBIM NIMALIGINI BILMAYMAN»

'«AYBIM NIMALIGINI BILMAYMAN»'ning rasmi

Zarifa, 29 yosh, Guliston shahri:

— Turmush o`rtog`im to`rt yildan buyon xorijda ishlaydi. Avvaliga u topgan pulini qaynonamga yuborardi. Bir yildan buyon menga jo`natyapti. Akamning maslahati bilan u yuborgan pullarni yig`ib, kichikroq do`kon ochdim. Ro`zg`ordan ortgan pul bekorga sarf bo`lmasin deb, ulgurji bozordan arzonroq narxga oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelib sotaman. Har gal bir haydovchi kishi yuklarimni do`konga olib kelib, o`zi tashib kirgizadi.

— Keyingi safar ham pulni begona qilmang, yuklaringizni o`zim olib kelib beraman, — deb tayinlaydi har gal. Men uning hech qanaqa noto`g`ri muomalasini ko`rmaganim uchun har gal yuklarimni mashinasida olib kelaman. Bu ishimni erimning qarindoshlari noto`g`ri tushunib, o`sha haydovchi bilan gap qilishibdi. Odamlardan nafratlanib ketdim.

— Odamlarning gapidan bosh ko`tarolmay qoldim. Bozorni yig`ishtiring. Nima etishmayapti sizga? O`g`limning ham qulog`iga etib borganmish bu gaplar. Ishini tashlab shuncha yo`ldan kelib, javobingizni bermoqchi... – dedi qaynonam sovuq ohangda.

Karaxt bo`lib qoldim. Gaplarimga o`z yaqinlarimdan boshqa hech kim ishonmayapti. Axir, aybim nima? Men erimga xiyonat qilganim yo`q. Bunga ularni qanday ishontiray? Erim ham menga ishonmasa, nima qilaman?

To`ti YuSUPOVA, O`zbekiston xalq artisti: — Do`kon ochishdan oldin eringizni, qaynota-qaynonangizni ogohlantirgan bo`lsangiz, vaziyatni ularga yotig`i bilan tushuntiring. Aybingiz yo`qligini, faqatgina ro`zg`orga ozgina yordamlashmoqchi bo`lganingizni ta`kidlang. Akangiz maslahat bergan ekan, o`zi doim yoningizda turishi kerak edi. Begona erkakning begona ayolga yordam berishini hech kim to`g`ri tushunmaydi. Shuni hisobga olishingiz kerak edi. Ota-onangiz qudalari bilan gaplashib, vaziyatni tushuntirishsin. O`zboshimchalik bilan ish qilgan bo`lsangiz, bu eringizning yaqinlariga yoqmagan bo`lishi tabiiy.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar