AsosiySavol-javob

«QAYNONAM KALTAKLADI, ERIM BOLAMNI OLIB QO`YDI...»

'«QAYNONAM KALTAKLADI, ERIM BOLAMNI OLIB QO`YDI...»'ning rasmi

Qo`shni respublikaga kelin bo`lganman. Erim va qaynonam meni odam o`rnida ko`rishmasdi. Ularning xurmacha qiliqlariga toqat qilib yashab kelayotgandim. «Erning urgani ur oshi» deymiz, ammo qaynonanikini nima deb atash mumkin? Tag`in homilador ayolga qo`l ko`tarishsa... Ota-onamni ko`rishga yuborishmayotganini aytmasam ham bo`ladi. Lekin ortiq bu hayotda yasholmasdim. Pasportimning yaroqlilik muddati tugagani sabab Toshkentdan chaqirtirishdi, shuni bahona qilib, hujjatlarimni oldim-da, uydan qochib chiqdim. Biroq o`g`limni berishmadi. Hozir onamning uyida yashayapman. Ikkinchi farzandimga O`zbekiston fuqarosi degan tug`ilganlik guvohnomasini oldim. Qaytib borsam, sog` qo`yishmasligini bilaman, buning ustiga erim «Bolani bermayman, sen bilan esa ishim yo`q» deyapti. Qizim yoshidan oshsa, ishga kirmoqchiman, biroq ungacha mahalladan moddiy yordam olib turay degandim. Ammo «ZAGS»im o`zga davlat tomonidan rasmiylashtirilgani uchun rad javobini olayapman. Bu vaziyatda nima qilsam bo`ladi? Yaqinlarimga og`irligim tushishini istamayman. O`zim oyoqqa turib, ish topgunimcha moddiy yordam olib tursam degandim.

Ismi sir tutildi.

O`z-o`zini boshqarish organi tomonidan moddiy yordam berish haqidagi ariza hal etilishida belgilangan hujjatlar talab etiladi. Ushbu hujjatlarning taqdim etilmasligi, yoki taqdim etilganlarining talabga mos kelmasligi arizaning rad etilishiga sabab bo`ladi. Rad etilgan qaror yuzasidan o`z-o`zini boshqarish organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat keltirishingiz mumkin.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Boshqa yangiliklar