Termiz hayvonot bog`ida dunyoning turli hududlarida uchraydigan Amur yo`lbarsi, Osiyo sheri, Buxoro bug`usi, Qor barsi kabi 133 turdagi 421 hayvon, parranda-yu darranda parvarish qilinmoqda. Hayvonot bog`ida “Qizil kitob”ga kiritilgan Hindiston buqasi, dengiz toshbaqasi singari jonivorlar 30-40 yildan buyon odamlarga o`zgacha zavq-shavq ulashib kelmoqda.
– Surxondaryo turli hayvonlarning mahalliy sharoitga tez moslashishi va ko`payishi uchun qulay iqlimga ega, – deydi Termiz hayvonot bog`i veterinar vrachi M.Bekxonov. – Joriy yilda bu erda Amur yo`lbarsi va tog` bo`risi uch, Afrika sheri, Avstraliya tuyaqushi va arxar ikki, qo`ng`ir ayiq va Morxo`r (burama shoxli kiyik) bir boshga ko`paygani, ayniqsa, bog`imizni miriqib tomosha qilish istagida kelayotgan bolajonlarda katta qiziqish uyg`otayotir. Ularni qish mavsumida ham bu erga chorlab qolamiz.






