1

​“O`ZBEKENGILSANOAT” AJ TUGATILMOQDA

Siyosat 15.12.2017, 15:14
​“O`ZBEKENGILSANOAT” AJ TUGATILMOQDA

14 dekabrda qabul qilingan “To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan Farmonga muvofiq, O`zbekiston to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etilmoqda. Bunda davlatning tartibga solish va xo`jalik funksiyalarini o`z ichiga olgan “O`zbekengilsanoat” AJ tugatilmoqda. Shuningdek, Farmon talablariga ko`ra, to`qimachilik sanoati korxonalari – “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi a`zolari:

  • 2021 yil 1 yanvarga qadar muddatda to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro`yxat bo`yicha import qilinadigan paxta, sun`iy va sintetik tola, jun, xom ashyo va boshqa materiallar uchun bojxona to`lovlari to`lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod qilinishi;
  • yuqori sifatli mahsulotlarni yagona “Uztextile” belgisi bilan eksport qiladi;
“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasiga davlat bojini to`lamagan holda uyushma a`zolarining manfaatlarini ko`zlagan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga egaligi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1