AsosiySUG'DIYONA

GURUChLI PIROGLAR

'GURUChLI PIROGLAR'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 2 st. suv, 1 st. o`simlik yog`i, 5-6 st. un, yarim choy qoshiq tuz va iste`mol sodasi. Ichiga solish uchun: bitta piyoz, yarim kg. mol go`shti qiymasi, yarim st. guruch, 2 ta qaynatilgan tuxum, yarim choy qoshiqdan zira, murch, osh tuzi. Ustiga bir dona tuxum sarig`i, sedana urug`i.

Tayyorlash: 1). Sirli idishga suv, o`simlik yog`i, tuz va iste`mol sodasini solib, olovga qo`ying. Qaynab chiqqach, olovdan olib, oz-ozdan un qo`shib, xamir qoring.

2). 1 osh qoshiq sariyog` solingan tovada mayda to`g`ralgan piyozni qizartirib qovuring. Keyin go`sht qiymasini solib, 10-15 daqiqa aralashtirib turing.

3). Tozalangan guruchni qovurilayotgan masalliqqa solib, ustidan yarim st. qaynagan suv qo`shing. So`ng ziravorlarni solib, 15-20 daqiqa dimlang. Tayyor bo`lgach, to`rtburchakto`g`ralgan tuxumdan qo`shing.

4). Tingan xamirni yong`oqday zuvalachalarga ajratib, o`rtacha qalinlikda yoying. O`rtasiga “nachinka”dan solib, chetlarini birlashtiring-da, dumaloq shakl bering. Tayyor pishiriqning ustiga tuxum sarig`ini surtib, sedana urug`idan seping va qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa pishirib oling.

Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa.

Boshqa yangiliklar