AsosiySUG'DIYONA

30, 40, 50 YoShDAN SO`NG YuZ TERISINI QANDAY PARVARIShLASh KERAK?

'30, 40, 50 YoShDAN SO`NG YuZ TERISINI QANDAY PARVARIShLASh KERAK?'ning rasmi

Ayol go`zalligi yoshiga ortgani sayin yanada ko`rkamlashib, yosharib boradi. Xatto yuz terisidagi ayrim o`zgarishlar ham sizning jozibangizga ta`sir eta olmaydi. Biroq o`zingizga e`tiborli bo`lmasangiz, ko`rinishingiz yoshingizni bildirib qo`yishi hech gap emas. Bunda sizga uy sharoitida tez va oson tayyorlanadigan bir necha usullarni tavsiya etamiz.

Muammo qaerda?

Ayollar yuz tuzilishida asosan quyidagi o`zgarishlar kuzatiladi:

  • Peshona soxasida gorizontal chiziqli ajinlar;
  • Ko`z yuqori qovoq qismining tushishi (osilib qolishi);
  • Yuz aylanasining shakl o`zgarishi;
  • Ikkinchi engakning yuzaga kelishi;
  • Ko`z atrofidagi mayda ajinlar;
  • Ko`z osti «qopchalar»i;

Smetana va ko`katlardan...

Yoshingiz 30 dan oshdimi? Demak sizga kunduzgi va kechki parvarishlovchi niqoblar ayni muddao. Kunduzgi parvarish uchun yuz terisini namlantirib, yumshatuvchi niqobni tayyorlang. Bunda 1 osh qoshiq smetanaga 2/1 kartoshka kraxmali va bir bo`lak bananni aralashtirib, yuz terisiga surting va 20 daqiqadan so`ng iliq suvda chaying.Kechki parvarishga esa yarim bog` kashnich ko`kati, 2-3 dona salat bargi va kartoshka kraxmalini aralashtirib yuz terisiga surtasiz. 5-10 daqiqadan so`ng avval iliq, so`ng sovuq suvda chaying. Mazkur niqob yuzingizni vitaminlar bilan tuyintiradi.

Tuxum sarig`idan...

Agar yoshingiz 40 dan oshgan bo`lsa mayda ajinlarjan bezovta bo`lsangz kerak.Siz uchun ajinlarga qarshi quyidagi usulni tavsiya etamiz. Uy sharoitida 1 dona tuxum sarig`i 2 choy qoshiq olma sharbati va yarim choy qoshiq limon sharbatini aralashtirib, tozalangan yuz terisiga surting. 10-15 daqiqadan so`ng iliq suv bilan chaying. So`ngra yumshoq sochiq bilan yuz terisini pastdan yuqoriga qarata arting.

Yoshlik eleksiri

Bordiyu yuz terisi parvarishini nafaqat tashqi tomonlama balki ichki tarafdan ham birga olib borsangiz natijasi yanada samarali bo`ladi. Bunda sizga yoshartiruvchi ichimliklardan birini tavsiya etamiz. 1 osh qoshiq limon sharbatini 1 choy qoshiq suyuq asal va yarim choy qoshiq zaytun yog`i bilan aralashtirib, erta nahorda iching. Mazkur aralashma yuz terisi tarangligi uchun yaxshi ta`sir etadi.

Aloe sharbatidan...

  • Dorixonadan yoki gul do`konidan aloe o`simligini harid qiling. O`simlik bargidan bir donasini uzib, sharbatini ajrating. Paxtali tamponni aloe sharbatida namlab, yuz terisini aylana harakatlar yordamida arting. 10 daqiqadan so`ng iliq suvda chaying. Muolajani bir xaftada 2-3 marta takrorlab borsangiz teri kataklari kirlanmaydi.
  • Turli kremlardan foydalanishdan avval tarkibiga ahamiyat bering. Yo`riqnomasida albatta qaysi yoshga mo`ljallanganligi ko`rsatilgan bo`ladi.
  • Taomnomaga diqqat qiling! Foydali ozuqa sabab ichki a`zolarda muammo bo`lmasa, yuz terisi ham me`yorda bo`ladi.
  • Foydali damlamalardan iborat suyuqlik iching. Asosiysi gazlangan ichmliklarni tanlamaslik.
  • Har kuni kechki maxal yuz teringizni iliq suvda chayib, barmoq yordamida yuz soxalarini engil massaj qiling. Bu yuz terisida qon aylanishini yaxshilaydi.

Oson va samarali

Yoshingiz 50 dan oshganmi? Demak sizga yuz terisini ozuqlantiruvchi va taranglashtiruvchi niqoblar kerak bo`ladi. Bunda sizga uy sharoitida juda tez tayyorlanadiganlaridan birini tavsiya qilamiz. 1 ta katta sabzini qirg`ichning mayda tishidan o`tkazib, manniy yormasining 3/1 qismi bilan aralashtiring va yuz terisiga tekis surting. 15-20 daqiqadan so`ng avval iliq so`ng sovuq suvda chaying. Muolajani bir xaftada 2-3 marta takrorlash mumkin.

Dog`larni «oqartiruvchi» yog`lar

40-50 yoshli ayollar yuz terisidagi dog`lardan shikoyat qilishlari sir emas. Bu kabi dog`larni teri rangi bilan birga oqartirish uchun achchiq bodom yoki zaytun yog`laridan foydalinish tavsiya etiladi. Bir xaftada 2-3 marotaba u yoki bu yog` bilan yuz terisini artib tursangiz teri rangi asta oqarib, tiniqlashadi. Muoalaja davomiyligi 10 kun.

Karam bargidan...

Yuzdagi mayda ajinlar uchun oddiy karamdan niqob tayyorlash mumkin. Bunda karamni mayda to`g`rab, ozroq tuz bilan aralashtiring. 2 daqiqadan so`ng karamni siqib olib, yuz terisiga asta surting. 20 daqiqalardan so`ng paxtali tampon bilan tozalab, iliq suvda chaying. Mazkur niqobni 1 xaftda 2-3 marta bajarsangiz yuz teringiz yosharadi.

Bu muhim!

Samira ULUG`BEKOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar