1

STATISTIKA DAVLAT QO`MITASIDA O`ZBEKISTONDA BENZIN NARXI OShIShI SABABLARINI AYTIShDI

Iqtisodiyot 16.12.2017, 11:25
STATISTIKA DAVLAT QO`MITASIDA O`ZBEKISTONDA BENZIN NARXI OShIShI SABABLARINI AYTIShDI

14 dekabr kuni Halqaro press-klubda bo`lib o`tgan “O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi: moyilliklar, muammolar va istiqbollar” mavzusidagi yig`ilishda benzin narxi oshishining asosiy sabablari aytib o`tildi.

O`zbekiston Davlat statistika qo`mitasi boshqarmasi raisi Qobil Berdiqulovning so`zlariga ko`ra, ushbu sektordagi korhonalar faoliyati rag`batlantirilmagani sababli neft mahsulotlari, jumladan, benzin va dizel yonilg`isi tanqis bo`lib qolgan. Sababi, zarar miqdorini kamaytirish maqsadida neft qayta ishlab chiqaruvchi zavodlar bor kuchi bilan ishlamagan.

“Yaqinda, 15 noyabr kuni biz neft mahsulotlari narxini ko`tardik. Shunga qaramay, agar neft qayta ishlash zavodlari yiliga 5 % quvvat bilan ishlasa, axolining bu mahsulotlarga bo`lgan extiyojini be`malol qondira oladi. Bu bilan birga, biz qo`shni davlatlardagi benzin narxlarini solishtirdik. Agar milliy valyutaga o`girsak, Qozog`istonda 1 litr benzin – 3800 so`m, Rossiyada – 5400 so`m, Todjikistonda esa – 6300 so`m. Ushbu axborotlarni tahlil qilsak, narx oshishii baribir ishlab chiqaruvchilar rag`batlantirilmagani bilan bog`liq bo`lib chiqadi”, — deb ta`kidladi Qobil Berdiqulov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1