1

“SOVG`ANI BOJXONADAN QANDAY O`TKAZAMIZ?”

Savol-javob 16.12.2017, 11:38
“SOVG`ANI BOJXONADAN  QANDAY O`TKAZAMIZ?”

— Qozog`istondan ota-onam tug`ilgan kunimga sovg`a sifatida kir yuvish mashinasi va muzlatgich olib kelishmoqchi. Qozog`istondan O`zbekistonga maishiy texnika vositalarini olib o`tishtartibi hamda to`lovi haqida ma`lumot bersangiz.

Dilbar Sultonqulova, Toshkent shahri, Sergeli tumani

M.SALIEV, O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi rais o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining156-moddasiga asosan jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib o`tish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi (tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo`llanilmasligi, tovarning bojxona yuk deklarasiyasi to`ldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi kabi tartiblar).

Shuningdek, Kodeksning 157-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o`tilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig`i solinmaydigan olib kirish normasi doirasida bojxona to`lovlari qo`llanilmaydi, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy shaxslar tomonidan iste`mol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora- tadbirlari to`g`risida"gi 2009 yil 1 iyundagi PQ-1118-sonli Qaroriga asosan, 2009 yilning 2 iyunidan boshlab qo`shni davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasiga bir yo`la olib kiriladigan import iste`mol tovarlarining boj to`lovlari olinmaydigan umumiy qiymati 10 AQSh dollarini tashkil etadigan tartib o`rnatilgan.

Kodeksning 163-moddasiga ko`ra jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o`tilayotgan tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz solig`i solinmaydigan olib kirish normasidan ortiq bo`lsa, ortiq qismiga nisbatan bojxona to`lovlari to`lanadi.

Kodeksining 289-moddasida O`zbekiston Respublikasiga tovarlarni import qilishda:

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 2017 yil 29 sentyabrdagi PQ-33O3-son qarori bilan belgilangan stavkalar asosida import bojxona boji va aksiz solig`i;
  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va davlat byudjeta parametrlari to`g`risida"gi 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-son qarori bilan belgilangan 20% miqdordagi qo`shilgan qiymat solig`i;
  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bojxona yig`imlari stavkalari to`g`risida"gi 1999 yil 30 apreldagi 204-son qaroriga binoan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlari undirilishi belgilangan.

Kodeksning 292-moddasiga asosan bojxona chegarasi orqali olib o`tiladigan tovarlarga nisbatan qo`llaniladigan bojxona bojlari stavkalari O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga (TIF TN) muvofiq tizimlashtirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bojxona to`lovlari hisoblanishida tovarning qiymati, TIF TN kodi, kelib chiqish mamlakati hamda tovarni identifikasiya qilish uchun kerakli ma`lumotlar, ya`ni ularning to`liq nomi (modeli, hajmi va h.k.) aniq ko`rsatilgan bo`lishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1