Kirib kelayotgan yildan nimalarni kutayapsiz? Omad, baxt, karera yoki o`z juftingizni uchratishnimi? Qay biri bo`lsa ham ixlos qiling. Shunda hamma o`y-niyatlaringiz amalga oshadi.
Ikkilanishlarni nari suring! O`ylaganimdek bo`lmasa-chi? Qo`limdan nima ham kelardi, kabi xayollarga chalg`imang! Ishoning! Ishonch har qanday muammoning aqlli echimi bo`loladi.
Orzularingiz birvarakayiga ushalib qolsa, shoshib qolishingiz mumkin. Shu bois ham o`zingiz uchun eng kerakligini birinchi o`ringa qo`yib, qolganlarini esa undan keyinga rejalashtiring.
Imkoniyatingizga qarab, orzu qiling. Yo`qsa, amalga oshmay qolgani xafa qilishi mumkin.
Birovga hasad qilmang! Pokiza qalbda yuzaga kelgan niyatgina amalga oshadi. Kimgadir g`araz niyatda yoki kimdandir o`ch olish maqsadida qilingani esa yaxshilik keltirmaydi.
Arazlashganlar yarashsin! Orzuga buning nima daxli bor dersiz? Axir niyatlar ro`yobi uchun xayolingiz boshqa muammolar bilan band bo`lmasligi kerak-da.
Yang yaxshisiga loyiqsiz! haqiqatan ham shunday. Faqat bunga o`zingiz ham ishonishingiz kerak. Bayram oqshomida o`zingiz uchun vaqt ajrating-da, kecha malikasiga aylaning. Orzular sari dadil qadamingiz bo`ladi bu.
O`zgarishlardan cho`chimang! O`y-niyatlaringizhayotingizga yangilanish olib kelishi shubhasiz.