1

Yangi yilga tayyorgarlik!

SUG'DIYONA 16.12.2017, 12:06
Teglar: Go`zallik
Yangi yilga tayyorgarlik!

Yangi yil oqshomida yanada chiroyli va yosh ko`rinishni istaysizmi? Unda ushbu muolajalar bilan bayramgacha yuzlaringizni albatta parvarishlang!

  • Bayram oqshomida chehramiz sog`lom ko`rinishi uchun uy sharoitida krem tayyorlab, undan foydalaning. Bitta tuxum sarig`ini ko`pirtirib, 2 osh qoshiq o`simlik yoki zaytun yog`i va 1 osh qoshiq limon suvini qo`shing. Alohida idishda buraga (dorixonalardan so`rang) 1 osh qoshiq qaynoq suv qo`shing. So`ngra barchasini aralashtirib, uxlashdan oldin yuzingizga yupqa qilib surting. Ertalab yuvasiz. Kremni muzlatkichda asrash mumkin.
  • Yuzlar tiniqlashishi uchun skrablardan foydalanish mumkin. Pilingni haftada 2 marta qilish mumkin.
  • Yog`li yuzlar uchun qahvali piling: 2 osh yanchilgan tabiiy qahvani 2 osh qoshiqdan smetana vao`simlik yog`i bilan aralashtirib, yuzingizga surtib, aylana harakatlar bilan uqalang. 2 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving.
  • Quruq va ta`sirchan yuzlar uchun asalli piling: asalni yuzingizga surtib, uqalang. Va darrov artib tashlang. 5-7 daqiqadan so`ng suv bilan yuving.
  • Mayda ajinlar chekinib, yuzlar taranglashishi uchun esa olmali niqob sizga asqotadi. Kichikroq olma va nokni archib, qirg`ichdan o`tkazing. 1-2 osh qoshiq qatiq qo`shing. 15-20 daqiqaga yuz va bo`yningizga surtib, xona haroratidagi suv bilan yuving. Keyin krem surtish mumkin.
  • Pigment dog`lar ko`zga tashlanmasligini istasangiz, ushbu tonik sizga yordam beradi. 1 ta limon sharbatiga 1 osh qoshiq olma sirkasi va shuncha miqdorda spirt, 2 osh qoshiq 3 foizli vodorod peroksidi qo`shing-da, ushbu aralashma bilan namlangan paxtani har kuni 5-10 daqiqa dog`lar ustiga bosib turing. Ertalab, tush payti va kechqurun muolajani amalga oshiring. Tonikni muzlatkichda yopiq idishda saqlash mumkin.

Sharhlar

"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
ShOKOLADLI NIQOB

25.12.2017, 11:33

Shokoladni maydalang, 5 osh qoshiq shokoladga, yarim stakan asal qo`shib, 4 osh qoshiq tuz soling. Uqalovchi harakatlar bilan bu niqobni teringizga pastdan yuqoriga qarata surtib...
SELLYuLITGA QARShI VOSITA

25.12.2017, 11:01

Sitrus mevasi (limon, apelsin, mandarin) po`stlog`i sharbatini siqib olib, bir tyubik bolalar kremi bilan aralashtiring. Hamda muammoli, ya`ni tananing sellyulitli qismlariga surtib, yaxshilab uqalang. Bu...
«OZMOQChIMAN. LEKIN ShIRINLIKSIZ YaShAY OLMAYMAN!»

23.12.2017, 18:28

Bir bo`lakkina shokolad eyishga qaror qilasizu hammasini paqqos tushurgandan keyin xushingizni yig`ib olasizmi? Nafaqat sho`rvalarni, balki osh, va hatto mantini ham nonsiz tanovul qila olmaysizmi?...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1