“AN`ANALARDAN ILHOMLANGAN SAN`AT”

Madaniyat 16.12.2017, 12:22
“AN`ANALARDAN ILHOMLANGAN SAN`AT”

Shu kunlarda O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasida bo`lib o`tayotgan “An`analardan ilhomlangan san`at” ko`rgazmasida mamlakatimizdagi muzeylarda saqlanayotgan eng sara tarixiy liboslar, zargarlik va kashta namunalari namoyish etilmoqda.
Xususan, ko`rgazmaga O`zbekiston Davlat san`at, I. V. Saviskiy nomidagi Qoraqolpoq Davlat san`at, Qoraqalpoq Davlat, Farg`ona, Samarqand o`lkashunoslik muzeylari, Samarqand Davlat, “Ichan-Qal`a” Davlat, Buxoro Davlat me`morlik-badiiy muzey-qo`riqxonalaridan eng nodir namunalar olib kelingan.


Ma`lumki, qadimiy liboslar madaniyatimiz va an`analarimizning ajralmas qismi bo`lib, ko`p asrlik tariximizni o`zida aks ettiradi. Ular har bir davrning o`ziga xos jihatlari, urf-odatlari va kiyinish uslubidan darak beradi. O`zbekistonning har bir hududining bir-biriga o`xshamas maktablari va yo`nalishlarini namoyon etadi. O`z navbatida, bu kabi nodir tarixiy liboslar va zargarlik buyumlari ajdodlarimizning yashash tarzi, ijtimoiy kelib chiqishi, o`sha davr ijtimoiy-siyosiy hayotidan ham so`zlaydi. Ular haqida keng ma`lumotga ega bo`lish tariximizga bo`lgan hurmat ifodasidir.
Ko`rgazmani tashkil etilishidan asosiy maqsad ham tarixiy an`analarimiz, boy madaniyatimizni keng jamoatchilik e`tiboriga havola etish, yosh avlodni boy ma`naviy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish va ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat va e`zoz hissini shaklantirishdir.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tamiz, O`zbekistonning eng qadimiy liboslarini qamrab olgan bunday ko`rgazma mamlakatimizda ilk marotaba o`tkazilmoqda. Ko`rgazma 2017 yil 15 dekabrdan 2018 yilning 9 yanvariga qadar davom etadi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1