Xitoylik Yu Xukang rafiqasi bilan ajrashgach, kasalmand, yurolmaydigan o`g`li bilan qoldi.
Bolaning betobligini ko`rgan yaqin oradagi maktablar uni o`qishga qabul qilmadi. Yolg`iz jigarporasini o`qitib, bilimli qilishni orzu qilgan ota uni har kuni maxsus savatga solib, 29 kilometr yo`lni piyoda bosib, maktabga olib boradi. Bolani maktabga qo`yib, uyga qaytadi. Mashg`ulotlari tugagandan keyin yana piyoda borib, savatga solgancha, uyga olib keladi. U farzandining o`ksimasligini, tengdoshlaridan ortda qolmasligini, aqlli inson bo`lib etishishini xohlaydi.






