1

"BUQOQ KASALLIGI NASL SURADIMI?"

Salomatlik 16.12.2017, 17:06
"BUQOQ KASALLIGI NASL SURADIMI?"

— Menda qalqonsimon bez faoliyati bilan bog`liq xastalik mavjud. Muntazam shifokor nazoratida davolanaman. Ayting-chi, mendagi xastalik farzandlarimga ham o`tishi mumkinmi? Buqoqni nasl suradi deb eshitgandim...

Zarina Karimova, Samarqand viloyati

Dilfuza ORTIQOVA oliy toifali shifokor-endokrinolog:

— Buqoq kasalligining asosiy sababi yod tanqisligi hisoblanadi. Xabaringiz bor, biz endemik hududda yashaymiz, ya`ni aholi o`rtasida buqoq bilan xastalanish holatlari ko`p uchraydi. Buning oldini olish maqsadida tibbiy ko`riklar, yodlangan osh tuzidan foydalanish kabi chora-tadbirlar yo`lga qo`yilgan. Kasallikning nasldan o`tadigan turlari orasida tugunli buqoq, autoimmun tireoidit va bir necha boshqa holatlar aytilsa-da, o`z vaqtida shifokorga murojaat etish yuzaga kelishi mumkin bo`lgan xavfning oldini olishga xizmat qiladi. Farzandingiz buqoq xastaligi bilan og`rimasligini istasangiz, sog`ligiga ahamiyatli bo`ling.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1