Toshkentning «Lokomotiv» klubi hujumchisi Marat Bikmaev O`zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo`ldi. Bu haqda Futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Tantanali marosimda O`zbekiston Futbol federasiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Ijro qo`mitasi a`zolari, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo`mitasi raisi Rustam Qurbonov, klublar rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar va OAV vakillari ishtirok etdi.
«O`zbek futbolini rivojlantirishga hissa qo`shgan eng yaxshi xorijiy murabbiy» nominasiyasida «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze g`olib deb topildi.
«Nafas» murabbiyi Ro`ziqul Berdiev yilning eng yaxshi murabbiyi bo`ldi.
«Olmaliq» o`yinchisi Konstantin Sviridov yilning eng yaxshi futzalchisi, «Metallurg» vakilasi Lyudmila Karachik esa «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» nominasiyasi g`olibasi bo`ldi.






