Serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Miloslavlevich poytaxtimizga taklif etilgan. Uning mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo`yicha dasturi O`zbekiston futbol federasiyasi rahbariyatiga ma`qul kelsa, Zavisha Milovslavlevich Andijon, Farg`ona, Namangan viloyatlarida ish olib boradi.
U 20 dekabr kuni yurtimizga tashrif buyuradi. Ispaniyalik mutaxassis ham bolalar futbolini rivojlantirish bo`yicha o`z dasturini O`zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyatiga taqdim etadi. Bu dastur o`rganib chiqilgach, mutaxassisga shartnoma taklif etiladi.
Kiko Zuniga 1962 yil Ispaniyada tavallud topgan. Futbolchi sifatida “Real Sosedad” klubi safida to`p surib, “Copa del Rey” sovrinini qo`lga kiritgan.
Murabbiylik faoliyati davomida Madridning “Atletiko” jamoasining U-13 va U-14 jamoalarini boshqargan. Shuningdek, Kiko Zuniga “Real” Madrid jamoasining Xitoyda joylashgan akademiyasida ham faoliyat yuritgan.






