1

“IMMUNITETIM PAND BERYaPTI”

Salomatlik 18.12.2017, 12:01
“IMMUNITETIM PAND BERYaPTI”
— Yoz bo`yi organizmimni chiniqtirishga harakat qildim. Ammo u qadar foydasi bo`lmagan ko`rinadi. Shu kunlarda yana shamollayapman. Ehtimol immunitetimni ko`tarish uchun uy sharoitida foydalansa bo`ladigan usullarni sinab ko`rishim kerakdir? Hammabop choralar bilan tanishtirsangiz?

Zilola Akromova, Farg`ona viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Immunitet – organizmni turli infeksiyalar, virus va kasallik qo`zg`atuvchi bakteriyalarga qarshi himoyalaydi. Agar u sizda yanada mustahkam bo`lishini istasangiz, vaqti-vaqti bilan uning holidan boxabar bo`lib turing. Immunitetni ko`tarishda maxsus dori vositalaridan foydalanish mumkin, siz bu haqida davolovchi shifokoringizdan yanada to`liqroq ma`lumot olasiz. Qolaversa bunday preparatlar jadval bo`yicha qabul qilinadi.

Uy sharoitida esa quyidagi usullarni sinab ko`ring. 2-3 tadan olxo`ri, turshak va anjir qoqsi va 8-9 dona mayizni stakanga solib, ustini qoplaguncha qaynoq suv quying. Idish ustini berkitib, sochiq bilan o`rang va 2-3 soatga tindiring. Tayyor bo`lgach, ortiqcha suvini to`kib, 1 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq aloe sharbatini qo`shing-da, blenderda ezg`ilang. Aralashmani kun davomida 1-2 choy qoshiqdan, 2-3 mahal iste`mol qilishingiz mumkin. Nonushtadan avval bir finjon qaynoq suvga 1 choy qoshiq zanjabil kukunini aralashtirib, oz-ozdan xo`plab iching. Zanjabil tarkibidagi efir moylari va foydali vitaminlar organizmni kerakli ozuqa bilan to`yintiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1