1

“ASABIYLAShSAM, OVOZIM BO`G`ILIB QOLADI”

Salomatlik 18.12.2017, 12:12
“ASABIYLAShSAM, OVOZIM BO`G`ILIB QOLADI”

— Ko`pdan beri ahamiyat beraman, biror nimadan asabiylashgudek bo`lsam, ovozim o`zgaradi. Aniqrog`i, bo`g`ilib qoladi. Tomog`imga xuddi biror nima qadalgandek hisni tuyaman. Bular asabdanmi yoki boshqa sababi bor deysizmi? Ehtimol, shifokor ko`rigidan o`tishim kerakdir? Ammo qaysi mutaxassisga borishim lozim?..

Doniyor Saidaliev, Navoiy viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Muntazam ravishda, ayniqsa, stressli vaziyatlarda ovozning bo`g`ilishi qalqonsimon bez ishida muammolar borligidan darak beradi. Bundan tashqari, ovoz bo`g`ilishiga, yutinishning qiyinlashishi kabi holatlar ham qo`shilsa, qalqonsimon bezning kattalashganiga taxmin qilish mumkin. O`zgarishlar kuchli stress, immunitetning zaiflashishi, o`smirlikda, homiladorlik va klimaks davridagi gormonal buzilishlar, surunkali yod etishmasligi va nurlanish tufayli kelib chiqishi aytiladi. Asabiylashganingizda tovush bo`g`ilishi o`zingizga ham sezilayotganbo`lsa, endokrinolog tekshiruvidan o`ting. Shifokor zarur tahlillarni o`tkazib, qalqonsimon bez holatiga baho beradi. So`ng shunga ko`ra davo choralari tayinlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1