1

“UMURTQA KASALLIGI QON BOSIMIGA TA`SIR QILADIMI?”

Salomatlik 18.12.2017, 12:20
“UMURTQA KASALLIGI QON BOSIMIGA TA`SIR QILADIMI?”

— O`g`lim tobi bo`lmay, boshi qattiq og`riyotgani hamda ko`zining ichi qizarib ketganidan shikoyat qildi-yu, tez yordam chaqirdik. Shifokor arterial qon bosimi ko`tarilganini, aytib, tibbiy tahlillar o`tkazilishi kerakligini aytdi. Endigina yigirmaga kirgan bolada ham qon bosimi ko`tarilishi mumkinmi? O`g`lim sport bilan shug`ullanadi, kuragidan jarohat olgan. Tez-tez bo`yni va umurtqaning yuqori qismi og`rib qolishini aytadi. Ammo qon bosimining sababi shu bo`lishi mumkinmi?

Sitora Mavlonova, Toshkent shahri

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Statistika ma`lumotlariga ko`ra, er yuzi aholisining 80 foizi gipertoniyadan aziyat chekadi. Arterial qon bosimining ko`tarilishi, afsuski, yosh tanlamaydigan kasallik. Buni ustiga, bezovtalik yoshlar orasida ham tobora ko`paymoqda. Xo`sh, buning sababi nimada? Har bir kishida ishchi qon bosimi mavjud. Ana shu ishchi bosimning o`zgarishi, organizmda ma`lum holatni paydo qiladi. Birinchi o`rinda qon tomirlar tonusini ko`zdan kechirish lozim. Negaki, qon tomirlar tonusi birlamchi gipertoniya sababchisi hisoblanadi. Bunda yurak EKG si, qon va peshob suyuqligining umumiy tahlili o`tkaziladi. Buyrak funksiyasining buzilishi yoxud peshob ajratish tizimi kasalliklari mavjud bo`lganida ham arterial qon bosimi ko`tarilishi mumkin.

Peshob ajratish qiyinlashganida, qon bosimida o`zgarish kelib chiqadi. Ichki sekresiya bezlarining nome`yoriy faoliyati organizmda moddalar almashinuvining buzilishini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida suv-tuz balansi izdan chiqadi, qon tarkibi o`zgarib, qon tomirlarga zo`riqish tusha boshlaydi. Bu ham arterial qon bosimining balandlashini keltirib chiqaruvchi omildir. So`zlaringizga qaraganda, o`g`lingizda umurtqa pog`onasi yuqori qismining jarohatlanishi mavjud. Bo`yin osteoxondrozi hamda umurtqaning yuqori qismidagi jarohatlar, ko`pincha mushaklar tonusining ortishini keltirib chiqaradi. Bu esa o`z navbatida qon tomirlarida siqilish (spazm) ni paydo qiladi. Farzandingiz gipertoniklar safidan joy olmasligini istasangiz, albatta shifokor ko`rigiga olib boring. Shuningdek, taomlanishi, kun tartibi va qanday dori preparatlarini, qay mahal qabul qilayotganiga ham e`tibor bering.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1