AsosiySUG'DIYONA

HAYoT HAQIQATLARI...

'HAYoT HAQIQATLARI...'ning rasmi

Dunyodagi har bir kunimiz – dars. Odamlarga, mol-davlatga bog`lanib qolishimiz bilan – ular bizning qo`limizdan chiqib keta boshlaydi. Ba`zan qo`yib yuborishni ham o`rganish lozim.

***

Nimagaki e`tibor bersak, u kattalashib ketayotganga o`xshaydi. Shu jumladan, kichik baxtsizligu, baxt ham. Demak, yaxshi narsalarga ko`proq e`tibor qaratishimiz lozim.

***

Bizning vazifamiz – dunyoni o`zgartirish emas, o`zimizni o`zgartira bilishdir. Shundagina atrofimizdagi olam ham o`zgara boshlaydi.

***

Nafaqat g`alaba, balki mag`lubiyat ham bizga ko`p narsani o`rgatadi, chunki biz uning darslarini uzoqroq fursat yodda saqlaymiz va xatolarimizni to`g`irlash harakatida bo`lamiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar