1914 yilning dekabriga kelib, Birinchi jahon urushi millionlab odamlarning yostig`ini quritishgaulgurgandi (mazkur urushda 14 million odam halok bo`lgan). Ammo "Rojdestvo" bayrami kuni nemis va britaniyalik askarlar orasida yarashuv kuni, deb e`lon qilinadi. Shu kuni hech qanday otishuv va portlashlar bo`lmadi. Urushdan charchagan, sillasi qurigan askarlar esa dushman askarlari bilan bir-birining qo`lini siqib, bayram bilan tabriklagan. Yonlarida bo`lgan sigareta va konservalarni bo`lishib, iste`mol qilishgan. Nemis askarlarining okopidan esa inglizcha qo`shiqlar yangragan.






