1

“ERIMNING SOG`LIGIDAN XAVOTIRDAMAN...”

Salomatlik 19.12.2017, 17:40
“ERIMNING SOG`LIGIDAN XAVOTIRDAMAN...”
— Turmush o`rtog`im 38 yoshda. Kun sayin boshining ikki chakkasidan sochi oqarib ketayapti. Bu nimaning alomati bo`lishi mumkin? Dori-darmon qabul qilgani yo`q, asabiylashishdan desam, ishi bilan bog`liq muammolar hamisha bo`lgan, rosti, tushunmay qoldim. Erkaklardagi erta soch oqarishi va uning davosi haqida ma`lumot bersangiz?..

A.Karimova, Navoiy viloyati

Sherzod MAHMUDOV, shifokor-trixolog:

— Erkaklardagi soch oqarishi turli xil omillarga bog`liq bo`lishi mumkin. Immun tizimining sustlashishi, qolaversa sochdagi melanin pigmenti miqdori ham soch oqarishida o`ziga xos ahamiyat kasb etadi. Asabiylik, qalqonsimon bez faoliyatidagi o`zgarishlar kuzatilganida sochga erta oq tushishi mumkin. Tashxis qo`yishda nevrolog va endokrinolog mutaxasisslar ko`rigi o`tkazilishi lozim. Melanin pigmentini ishlab chiqaruvchi bazal hujayra jigarda hosil bo`ladi.

Anglaganingizdek, ushbu a`zo faoliyatini ham tekshirish kerak. Tibbiy tahlillar o`tkazilgach, shifokor ko`rsatmasi bilan ruh (sink), selen preparatlari, immunitetni rag`batlantiruvchi vositalar hamda vitaminlar guruhi buyuriladi. Muolajadan so`ng oqargan sochlar avvalgi holiga qaytmaydi, ammo soch oqarishini to`xtatishga erishish mumkin. Ayni vaziyatda turmush o`rtog`ingiz tibbiy tekshiruvlardan o`tishi hamda tahlil xulosasiga ko`ra davo choralarini boshlashi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1