AsosiyDunyo

BOLALARGA ShAFQATSIZ MUNOSABATDA BO`LUVChILARGA QARShI KURAShADIGAN BAYKERLAR

'BOLALARGA ShAFQATSIZ  MUNOSABATDA BO`LUVChILARGA QARShI KURAShADIGAN BAYKERLAR'ning rasmi

Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo`luvchilarga qarshi kurashadigan baykerlar, bu — yana bir notijorat tashkilotdir. Ular 1995 yildan beri bolalarni zo`ravonlikdan himoya qilib keladi. Tashkilotning maqsadi — bolalarni jismoniy va ruhiy zo`ravonlikdan asrashdir. Bundan tashqari, mazkur tashkilot terapiya va terapevtik harakatlarni moliyalashtiradi.

Ko`ngilli baykerlardan tashkil topgan tashkilot bolalar o`zini bexavotir his qilishlari uchun harakat qiladi. Baykerlar huquq-tartibot idorasi, enagalik qilish agentligi xodimlari va boshqalar bolalarga tazyiq o`tkazgan vaziyatlarda, zo`ravonlik qilganda yordamga etib kelishadi. Ular ko`ngilli “drujinnik”lar emas, balki tansoqchilar vazifasini o`tashadi. Baykerlar bolalarni maktabga, bog`chaga kuzatib qo`yadi va uylariga sog`-omon etishlariga yordam beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar