“Linus loyihasi” tijorat tashkiloti emas. U shifoxonadagi bemor bolalar, mehribonlik uylari, ijtimoiy xizmat ko`rsatish va xayriya ishlarini ko`rpa-to`shak bilan ta`minlovchi tashkilotidir. “Linus loyihasi”ning maqsadi oddiy — u insonlar o`zini bexavotir, qulayhis qilishini ta`minlaydi. AQShning har bir shtatida “Linus loyihasi”ning mahalliy rahbari va “blanketeers” nomliko`ngillilari mavjud.
Masalan, Jorjiya shtatida 2010 yilda ko`ngillilar 1155 dona ko`rpani qavib, mahalliy bolalarga, 2012 yilda esa 147 dona ko`rpani “Sendi”dovulidan jabr ko`rganlarga tarqatdi.






