AsosiyDunyo

IVAN FERNANDES ANAYYa ATAYLAB ABEL MUTAIGA YuTQAZDI

'IVAN FERNANDES ANAYYa  ATAYLAB ABEL MUTAIGA  YuTQAZDI  'ning rasmi

Keniyalik sportning yugurish turi bilan shug`ullanuvchi Abel Mutai 2012 yilda Ispaniyada o`tkazilayotgan musobaqada etakchilikni qo`ldan bermadi. Marraga 10 metr qolganida sportchi marra chizig`idan o`tdim, deb hisoblaydi va “g`alaba men tomonda”, degan qarorga kelib, sekinlashadi.

Ikkinchi o`ringa da`vogar bo`lgan, ispaniyalik sportchi Ivan Fernandes Anayya oltin medalni qo`lga kiritish imkoniyati mavjud bo`lsa-da, bunga harakat qilmaydi. U Abelga etib olib, uni marra chizig`idan birinchi bo`lib o`tishga undaydi. Keyinchalik Fernandes Anayya o`zining birinchi o`ringa loyiq emasligini, g`alaba haqqoniy bo`lishini istaganligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar