1

“YaLLIG`LANIShGA QARShI PREPARATLAR YaRA HOSIL QILADIMI?”

Salomatlik 19.12.2017, 17:53
“YaLLIG`LANIShGA QARShI PREPARATLAR YaRA HOSIL QILADIMI?”

— Peshob yo`li yallig`lanishiga qarshi uzoq muddat davolandim. Hozir ahvolim yaxshi, biroq oshqozonim bezovta qilayapti. Yaqinda tibbiy tekshiruvdan o`tsam, me`da yarasi borligiga taxmin qilishdi. Xastalikning kelib chiqishi yallig`lanishga qarshi dori vositalarining asorati emasmi? Oshqozon yarasi bir umrlik tashxis ekanligi rostmi?

A.Botirov, Samarqand viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Yallig`lanishga qarshi nosteroid dori vositalari uzoq muddat qabul qilinganida chindan ham oshqozon faoliyatini izdan chiqarishi, yara hosil qilishi mumkin. Biroq yara bir umrlik tashxis, degani emas. O`z vaqtida va to`g`ri muolaja qilinsa, me`da yarasi bitadi. Oshqozon shilliq qavatini ta`sirlantirmaydigan, yara zo`rayishi xavfini keltirib chiqarmaydigan parhez ham albatta muhim. Sizga maslahatim, davolovchi shifokor tomonidan buyurilgan ko`rsatmalarga amal qiling va muolajani kechiktirmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1