AsosiyDunyo

MUHTOJLARGA YoRDAM BERIShNING YaNGI USULI

'MUHTOJLARGA YoRDAM BERIShNING YaNGI USULI'ning rasmi

Meyson Vortman — Amerikaning Filadelfiya shtatida kichkinagina pisseriyani yuritsa-da, mehr-muhabbatga to`la qalb egasidir. Meyson muhtojlarga yordam berishni chin dilidan istadi va buni qanday amalga oshirish haqida o`yladi. Shunday kunlardan birida u o`ylagan g`oyasini amalga oshirish uchun o`zi yuritayotgan pisseriyaning xususiy valyutasini o`ylab topdi.

“Valyuta” oddiy rangli qog`ozlardan iborat edi. Mazkur “valyuta”ni istagan odam bir dollar evaziga (pissa bo`lagi bir dollar turadi) sotib olishi va uni qahvaxona devoriga yopishtirib qo`yishi mumkin. Endilikda "Rosa’s Fresh Pizza" qahvaxonasi devorini turli-tuman rangli qog`ozlar bezab turibdi. Qorni och qolgan odam devordagi rangli qog`ozlardan bi­ri­ni olib, uning evaziga tekin pissa olishi mumkin. Rangli qog`ozlarni sotib olib, devorga yopishtirgan odamlar boshqalarga omad tilab, kelajakda hammasi yaxshi bo`lishi haqidagi turli-tuman ezgu tilaklarni yozib qoldirishadi. Kamtarona hisob-kitoblarga ko`ra, rangli “valyuta”lardan o`n ming marotaba foydalanilgan.

    Boshqa yangiliklar